PSJ "Milan" yetakchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
6 sen 2021
Kot d'Ivuar termasi hamda "Milan" xavbeki Frank Kesse PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, parijliklar futbolchi uchun yiliga 9 million evro maosh to'lashga tayyor turibdi. Bunga qadar Kesse "rossoneri" taklif qilgan shartnomaga rad javobini bergandi. U kelasi yozda erkin agentga aylanadi.

"Milan" o'z taklifida futbolchiga yiliga 6,5 million evro maosh to'lashini ma'lum qilgan. Futbolchi esa yiliga sof 8 million evro maoshdan tashqari, yana 2 million evroni bonuslar tarzida so'ragan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Foot Mercato