PSJ Mbappeni erkin agent bo'lib ketish oqibatlaridan ogohlantirdi

Aziz Tukhtamuradov
11 avg 2023, 08:54
PSJ hujumchi Kilian Mbappega 2024 yilda erkin agent bo'lgan holda jamoadan ketish oqibatlari haqida ma'lum qilib, xat yubordi.

Ma'lum bo'lishicha, agar u klubni erkin agent sifatida tark etsa, parijliklar bir necha futbolchini transferga qo'yishga majbur bo'lishadi, shuningdek yosh futbolchilar integraciyasini qayta ko'rib chiqish va ko'plab xodimlarni ishdan bo'shatishlariga to'g'ri keladi.

Avvalroq Mbappe ushbu yozda PSJdan ketmasligi haqida ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe