PSJ Mbappega o'rinbosar topdi

Khoja
13 apr 2024
Xvicha Kvaratsxeliyaga 130 million evro to'lashga tayyor jamoa topildi.

PSJ jamoasi gruziyalik hujumkor yarim himoyachi uchun Napoli talab qilgan pulni berishga tayyor. Parijliklar aynan Xvichani yozda jamoani tark etadigan Kilian Mbappening o'rnini bosishga qodir futbolchi sifatida ko'rishmoqda.

Avvalroq, Barselona 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Xvicha “Napoli”ga 2022 yilda kelib qo'shilgandi. Joriy mavsum futbolchi 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com