PSJ Mbappe uchun yangi shartnoma tayyorladi

Alisher
9 sen 2021
PSJ "Real"ga o'tishga intilayotganiga qaramay, hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi mehnat shartnomasi imzolamoqchi.

Parij grandi yaxshilangan moliyaviy shartlar bilan 2 yillik mehnat shartnomasi taklif qiladi.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Kilian PSJga 2017 yilda "Monako"dan o'tgan edi.

Mbappe joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca