PSJ maydonga tushmay Fransiya chempioniga aylandi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2019, 20:20
PSJ klubi muddatdan avval Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi.

Ikkinchi o'rindagi Lill bugun chempionatning 33-turida Tuluzani mag'lub eta olmadi (0:0) va parijliklarga eta olmasligi aniq bo'ldi.

Shu tariqa PSJ 33-tur o'yinini o'tkazmay turib chempionlikka erishdi. Klub oxirgi 7 yil ichida oltinchi bor Fransiyada tengsiz bo'ldi. Klub o'z tarixida 8-marta chempionlikka erishdi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia