

"Calciomercato" xabariga ko'ra, ushbu futbolchi uchun "Yuventus" kurashdan chiqqan va faqatgina parijliklar 27 yoshli braziliyalik bilan shartnoma imzolashga tayyor turibdi.
Oldinroq "Barselona" uni PSJdan Neymarni almashtirish uchun ishlatishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.
O'tgan mavsumda Koutino "Barselona" tarkibida Liganing 34 o'yinida qatnashdi va 5 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.



