PSJ Kimpembeni 50 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
1 iyul 2022
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe yozgi transfer oynasida jamoadan kyetishi mumkin.

Jurnalist Santi Aunaning xabariga ko'ra, parijliklarning yangi sport direktori Luish Kampush o'yinchi bilan xayrlashishga tayyor.

Parij klubi Fransiya terma jamoasi o'yinchisi uchun kamida 50 mln evro olmoqchi. Muzokaralar hali boshlanmadi.

Kimpembe o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Santi_J_FM