PSJ ikki yulduzidan birini sotib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
3 may 2020, 17:13
PSJ rahbariyati jamoaning ikki yulduzi - Kilian Mbappe yoki Neymardan voz kechishga tayyorlanmoqda.

"La Cuatro" xabariga ko'ra, klub muddatidan oldin yakuniga etgan chempionat sababli katta zararga kirish arafasida. Ushbu futbolchilarni qimmatga sotish orqali klub zararni qoplab olmoqchi.

Nashrning qayd etishicha, PSJning yo'qotishlari 200 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Klub chiptalar sotuvi va teletranslyatsiyalardan foyda qila olmaydi.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Neymar Liga 1da 15 o'yinda 13 gol va 6 assistentlik qayd etdi. O'z navbatida Mbappe 20 o'yinda 18 gol va 6 samarali pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Cuatro