PSJ Ikardini "Galatasaroy"ga to'liq sotib yubordi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2023, 10:44
Mauro Ikardi to'liq "Galatasaroy" futbolchisiga aylandi.

PSJ bu haqida rasman ma'lumot berdi. Turklar argentinalik futbolchi uchun 10 million evro to'lashdi. Shartnoma esa 3 yilga mo'ljallangan. 

Ma'lumot uchun, PSJ Ikardini 2020 yilda 50+8 million evro evaziga sotib olgandi. 

Ikardi o'tgan mavsumni ham "Galatasaroy"da ijara asosida o'tkazgandi. U chempionat doirasida 24 ta o'yinda 22 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: psg.fr