PSJ futbolchisi "Roma"ga o'tadi

Alisher
28 iyul 2022
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum PSJdan "Roma"ga o'tishga yaqin.

31 yoshli xavbekning o'tishi borasida yakuniy kelishuvga erishildi.

Veynaldum "Roma"ga xarid qilish huquqi bilan tekinga ijara asosida o'tadi. Ammo, xavbek "Roma"da mavsum davomida 50 foiz o'yinlarda qatnashsa va jamoa Chempionlar Ligasiga chiqsa, xarid qilish huquqi majburiy bo'ladi. Rim klubi esa u bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport