PSJ futbolchisi "Milan"ga o'tishni rad etdi

Alisher
26 avg 2022, 10:44
PSJ himoyachisi Abdu Diallo ushbu yozda "Milan"ga o'tmaydi.

26 yoshli senegallik futbolchini italyan klubining sport loyihasi o'ziga jalb qilmadi.

Dialloning amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljaallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 18 million evroga baholamoqda.

Senegallik futbolchi 2019 yildan beri PSJda o'ynaydi. U bu vaqt davomida jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 75ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe