PSJ - Fransiya supyerkubogi sohibi!

Оқил Абдубарноев
1 avg 2022, 00:57
Fransiya supyerkubogi doirasida PSJ - "Nant" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan PSJ hujumchisi Lionel Messi uni aldab o'tgan holda hisobni ochdi. Birinchi bo'limga qo'shib byerilgan daqiqalarda Neymar jarima zarbasini mohirona ijro etib, oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo'limda esa standart vaziyat yuzaga kelishi natijasida Ramos hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 82-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirib, tabloda 4:0 natijasi qayd etilishini taminladi. Shu tariqa, parijliklar joriy mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi.


PSJ – Nant 4:0 (2:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 22 Messi, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 – 57 Ramos, 4:0 – 82, penalti Neymar.

PSJ – Donnarumma, Xakimi (Mukiele, 78), Ramos, Markinos, Kimpembe, Mendesh (Byernat, 68), Vyerratti (Paredes, 78), Vitinya (Danilu Pyereyra, 68), Sarabiya (Kalimuendo, 84), Messi, Neymar.

Nant – Lafon, Pallua, Kastelletto, Jirotto, Appia (Fabio, 78), Sissoko, Chirivelya (Moxamed, 64), Blas, Koko (Mutussami, 64), Saymon, Gessan (Korshya, 78).

Ogohlantirishlar: Vitinya (16), Koko (38), Mutussami (75).

Chetlatish: Kastelletto (81).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia