PSJ Fransiya kubogi rekordini o'rnatdi

Khoja
4 apr 2024
Parijliklar o'z tarixida 20 marta Fransiya kubogi finalida ishtirok etadi, deb xabar beradi Opta Sport.

Manbaga ko'ra, Fransiya kubogining yarim finalida Rennni mag'lub etgan Luis Enrike shogirdlari finalga yo'l olish bo'yicha yakka peshqadamga aylanib oldi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe tomonidan kiritildi. Asist muallifi ispaniyalik yarim himoyachi Fabian Ruis bo'ldi.

Endi PSJ finalda Lionga qarshi maydonga tushadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com