

"B" guruhida peshqadam PSJ "Bavariya" mehmoni bo'ldi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, parijliklar kvartetda birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olishdi. Unai Emeri shogirdlari Chempionlar ligasi guruh bellashuvlarida raqiblar darvozasiga jami 25ta to'p kiritishdi va bu borada musobaqaning yangi rekordini o'rnatishdi.




