PSJ "Borussiya" Xolandni 200 mln evroga qo'yib yuboradi deb hisoblamoqda

Alisher
28 avg 2021, 17:15
PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni yozda xarid qilmoqchi.

Fransiya klubi Dortmund klubini 200 million evrolik talkif bilan ko'ndirish mumkin deb hisoblamoqda.

Qayd etish kerakki, norvegiyalik yuqori maosh so'raydi, uning agenti bo'lmish Mino Rayolaning ham to'lovi katta bo'ladi, ammo PSJ klub bu kelishuvni tashkil qilishi uchun mablag' borligiga ishonadi.

Eslatib o'tamiz, kelasi yozda Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasiga ko'ra, uning tovon puli 75 mln evro bo'ladi.

21 yoshli forvard joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN