PSJ "Barsa"ni engdi. Kumanning Pochettinoga qarshi statistikasini bilasizmi?

17 fev 2021, 11:47
YCHLning 1/8 finalidan o'rin olgan "Barselona" - PSJ uchrashuvida mehmonlarning g'alabasi qayd etildi.

Mazkur bahs har 2 jamoa murabbiylari o'rtasidagi 8-to'qnashuv edi. Maurisio Pochettino 2013-2014 yilgi mavsumda "Sautgempton"ni boshqarib, mavsum oxirida "Tottenxem" bilan shartnoma imzolagan edi. Argentinalik mutaxassis London jamoasiga yo'l olgach, aynan Ronald Kuman uning o'rnini egallab, "avliyolar" boshqaruvini qo'lga olgan edi.

Ushbu murabbiylar o'rtasidagi ilk "jang" o'sha yilning kuzida bo'lgan va unda Pochettinoning "shporlari" minimal hisobda g'alaba qozongan. 

Ma'lumot uchun, R. Kuman faoliyati davomida M. Pochettinodan faqat 1 marta ustun kelgan, 2 uchrashuvda durang qayd etilgan va 5 ta o'yinda argentinalik mutaxassisning qo'li baland kelgan.

sanaturnirmavsumturuy hisobmehmon
16.02. 2021YCHL20/211/8 final"Barselona"1:4PSJ
09.09.2017APL17/184"Everton"0:3"Tottenxem"
05.03.2017APL16/1727"Tottenxem"3:2"Everton"
13.08.2016APL16/171"Everton"1:1"Tottenxem"
08.05.2016APL15/1637"Tottenxem"1:2"Sautgempton"
19.12.2015APL15/1617"Sautgempton"0:2"Tottenxem"
25.04.2015APL14/1534"Sautgempton"2:2"Tottenxem"
05.10.2014APL14/157"Tottenxem"1:0"Sautgempton"


Chempionlar ligasi. Mbappe "Barselona"ni "Kamp Nou"da xo'rlab tashladi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia