PSJ "Ayaks"ning ikki futbolchisi uchun 150 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2019, 17:53
PSJ klubi "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt va yarim himoyachi Frenki de Yongni sotib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ gollandiyaliklarga de Yong uchun 80 mln. evro va de Ligt uchun 70 mln. evro taklif qildi. Parijdagilar hech kim bunday taklif bilan chiqmasligiga umid qilishmoqda.

Oldinroq, 21 yoshli de Yong va 19 yoshli de Ligtga "Barselona", "Bavariya", "Yuventus" va "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca