PSJ A Seriyadagi uch o'yinchiga qiziqmoqda

Alisher
6 may 2020, 15:07
PSJ rahbariyati Italiya chempionatida o'ynaydigan uch yarim himoyachiga qiziqmoqda.

Parij grandi qiziqishlari doirasiga Sergey Milinkovich-Savich ("Lacio"), Ismael Bennaser ("Milan") va Lorenco Pellegrini ("Roma")lar tushib qolgan.

Ushbu o'yinchilardan kimdir yozgi transferlar oynasida parijliklar safiga o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Fransiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli erta yakunlangan edi. Yakunda mamlakat chempioni deb PSJ tan olindi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10sport