PSJ 42 yil avvalgi antirekordini takrorladi

14 sen 2020, 09:40
PSJ Liga 1 3-turi doirasida “Marsel”ga qarshi bahsda 0:1 hisobida yutqazdi.

Bu Parij klubi uchun musobaqa startidagi dastlabki ikki o'yindagi ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. PSJ avvalroq “Lans”ga 0:1 hisobida yutqazgandi.

PSJ so'nggi bor Fransiya chempionatini ikkita mag'lubiyat 1978/79 yilgi mavsumda boshlagandi. O'shanda ham jamoa ikkita o'yinda bitta ham gol ura olmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta