PSJ 35 milion evro evaziga 20 yoshli forvardni sotib olmoqda

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2022
"Pari Sen-Jermen" "Reyms" hujumchisi Ugo Ekitike transferini deyarli yakunladi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, tomonlar o'tish uchun barcha zarur shartlarni kelishib olishgan va endi futbolchining o'zi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

PSJ yosh hujumchi uchun 35 million evro to'laydi.

Futbolchi o'tgan mavsumda "Reyms" safida barcha musobaqalar doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports