PSJ 2021/22 mavsumda agentlarga 40 mln. evro to'lab berdi

Aslanov Jasurbek
1 may 2023
PSJ o'tgan mavsum agentlarga rekord miqdorda pul to'ladi.

Ushbu ma'lumotni futbol klublarini moliyaviy nazorat qiluvchi organ e'lon qildi.

2021 yilning 1 iyulidan 2022 yilning 30 iyuniga qadar poytaxt klubi agentlarga deyarli 40 mln.  (39,44 mln.) evro sarf qilgan. "Marsel" va "Monako" huddi shu mavsum uchun agentlar hisobiga 10 va 9,2 mln. evro o'tkazib bergan.

Bu PSJ uchun rekord to'lov. 2017/18 mavsumda agentlarga 23,2 mln. evro, keyin 26,9 mln. evro sarf qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News