"ProSport Management"da o'zbekistonlik mutaxassis ish boshladi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2017, 13:05
Ko'p yillar davomida "Paxtakor" futbol klubining xalqaro bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat olib borgan mutaxassis, Faxriddin Isamuhamedov Rossiyaning top agentligi qatorida tilga olinadigan kompaniyada faoliyat boshladi.

Isamuhamedov 2009 yildan 2017 yilga kadar poytaxt klubida ishladi.

Eldor Shomurodovni Rostovga o'tishi, "ProSport Management"ni Osiyo futbolini yaxshi biladigan mutaxassisga bo'lgan ehtiyojini oshirdi. Bu kompaniya ko'p yillar davomida Odil Ahmedov bilan ham hamkorlik qilib keldi.

"Paxtakor"dan ketishim bilan kompaniya direktorining eng yetakchi xodimi Qahhor Mo'minov menga ish taklif qildi. Unga ko'ra agentlikning osiyolik futbolchilariga masul buldim. Qolaversa OCHLda to'plagan tajribam ham ularga qo'l kelishi mumkin. Agentlik Osiyo bozorini juda muhim biladi va meni aynan shu loyihada ko'rishayapti",- deydi Faxriddin Isamuhamedov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia