Prokuror Xabi Alonso 5 yilga qamalishini istamoqda

Narzulla Saydullayev
22 mar 2018
Real sobiq futbolchisi Xabi Alonso soliqlarni to'lamaganlikda ayblanmoqda.

36 yoshli sobiq futbolchi 2010-2012 yillarda soliq idorasiga 2 million evro to'lamagan deb aytilmoqda.

Prokuror Alonso uchun besh yillik qamoq jazosi va 4 million evrolik jarima so'ramoqda. Xuddi shunday jazo Alonsoning moliyaviy maslahatchilari uchun ham so'ralmoqda.

Oldinroq Xabi Alonso 8 yilga qamalishi va 8 million evro jarima to'lashi haqida xabarlar chiqqandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: reuters.com