"Professional jamoalarining ko'pi xalqning puliga yashaydi". Jurnalist Rossiya futboli haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2021, 09:11
Ukrainalik futbol jurnalisti Artyom Frankov Rossiya futboli haqida o'z mulohazalarini bildirdi.

-Siz dekabr oyidagi intervyuda shunday degandingiz: "Rossiya futboli davlatning moliyalashtiruvi asosida kurilgan. Men esa rivojlanishning bunday modeliga qarshiman". 

-Bu gaplarimni rad etmayman. Ushbu muammo haliyam aktual. Buni faqat davlat miqyosida hal qilish mumkin. 

Rossiya Yevropa futbol derjavasidan ko'ra Qozog'istonga ko'proq o'xshaydi. Professional jamoalarning ko'pi xalqning, soliq to'lovchilarning puliga yashaydi. Bu qanaqasi, yigitlar?


-Ukrainada klublar hususiy. Ammo sizlarda faqatgina "Shaxtyor" va "Dinamo Kiev" jamoalari bor. Chempionat ham qiziqarli emas.

-Stop! Evrokuboklardagi hisobning o'zi hozir 2:0 ko'rinishida, Ukraina foydasiga. Yevropa ligasida Rossiyaning nechta jamoasi qoldi? Nima uchundir bitta ham ko'rmayapman. 

Ha, Ukrainada "Shaxtyor" va "Dinamo" tomonida katta ustunlik bor. Buni rad etish mumkin emas. Lekin men boshqa loyihalarni ham qiziqish bilan kuzatib bormoqdaman. Masalan - "Desna". Xarkov futbolining qayta tug'ilishi esa alohida mavzu.

Bu borada Rossiya maqtana olmaydi. Sizning tizimingiz ishlamayapti", - dedi Frankov. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru