"PRO" uchun Temur Kapadze emas otasi o'qimoqda

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013
Shu haftaning dushanba kunidan boshlab “Pro” licenziyasi uchun navbatdagi o'quv-kusrlari boshlangani haqida xabar bergandik.
Kecha “Pro” licenziyasi uchun o'qiyotgan murabbiylar haqida xabar bergandik.

Biroq bugun Qozog'istonning sports.kz sayti "Kapadze "PRO" uchun o'qimoqda" degan sarlavhali xabar chiqargan. Unda "Aktobe" yarim himoyachisi Temur Kapadze murabbiylar licenziyasi uchun o'qiyotgani haqida gap boradi.

Biroq mazkur kurslarda Temur emas Toxir Kapadze o'qimoqda. Bu kursda faqat “A” licenziyasi bor murabbiylargina ishtirok etish huquqiga ega.

Temur Kapadze esa kecha aytganidek hozircha Toshkentdagi uyida xordiq chiqarmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia