PRO Ligada tomoshabinlar tashrifi bo'yicha 27 yillikning ANTIREKORDI o'rnatildi!

Aslanov Jasurbek
23 may 2019, 13:41
O'z formatini yana bir bor o'zgartirgan PRO Liga o'yinlari 2019 yilda deyarli hech kimda qiziqish uyg'otmayapti.

2018 yil ligani qiziqarli o'tishiga sabab bo'lgan jamoalarni superligaga chiqarish orqali, PRO A ligada 8ta jamoa qoldi. 1-5 turlarda o'yinlarga biroz bo'lsada tomoshabinlar tashrif buyurgandek bo'ldi. Ammo 7-turga kelib vaziyat keskin o'zgardi. "Istiqlol" stadioniga bor yo'g'i 51 nafar muxlis kelgan. "Xorazm" ishtirokidagi dastlabki o'yinlarda mingdan ortiq muxlis kelayotgan edi. 7-turdagi o'rtacha tomoshabinlar soni 269 nafarni tashkil etdi. Bu 28-marotaba o'tkazilinayotgan musobaqalar ichida, O'zbekiston futbolidagi eng past ko'rsatgich sifatida tarixdan o'rin oladigan bo'ldi.


7-turdagi statistik ma'lumot.

"SHERDOR" - "OQ-TEPA" 1:1. 227 tomoshabin. 

"MASH'AL" - "NEFTCHI" 3:0. 149 tomoshabin. 

"XORAZM" - "IFTIXOR" 5:0. 649 tomoshabin. 

"ISTIQLOL" - "SHO'RTAN" 3:1. 51 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia