

PRO-Ligada murabbiylarning ishdan ketishi hamon to'xtagani yo'q. Yaqinda "B" guruhi qatnashchisi "Iftixor" va "Xotira-79" jamoalari bosh murabbiyi o'z arizasiga ko'ra iste'foga chiqishni lozim topdi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, Yoshlar ittifoqi vasiyligidagi Oltiariqning "Iftixor" jamoasiga 20 avgust kuni yosh murabbiylardan biri - Islombek Ismoilov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Biroq uning "Iftixor"dagi faoliyati bir oyga ham yetib borgani yo'q. Shuningdek ushbu jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Mahmud Matkarimov ham iste'foga chiqqan. Shu bois kecha "Iftixor" jamoasi "Labsa"ga qarshi bosh murabbiysiz maydonga tushgan.
Shuningdek "Xotira-79" jamoasida ham murabbiylarning ko'nimsizligi davom etmoqda. Nozim Mullaoxunov va Naufal Boboevdan so'ng Kamol Jo'nashev ham Uychi tumani jamoasida uzoq vaqt ishlay olmay iste'foga chiqdi. Kecha "Xotira-79" jamoasini "Nurafshon" qarshi maydonga jamoa boshlig'i Nosirjon Sultonov olib tushgan.



