Pro liga. "Turon" mashg'ulotlari davom etmoqda, kayfiyat a'lo, ertaga "Neftchi"ga qarshi o'yin

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2020, 15:40
Islom Ismoilov boshchiligidagi Yaypanning "Turon" jamoasining PRO-Liga yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirilmoqda. Mashg'ulotlar klub qarorgohidagi asosiy va zahira maydonlarida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilingan xolda tashkil etilmoqda.

9-iyun kuni Superliga vakili Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazgan yaypanliklarning navbatdagi raqibi Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bo'ladi. Ushbu bahs ertaga soat 17:30 da Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasi o'yingohida tashkil etiladi. Karantin talablariga ko'ra, mazkur bellashuv muxlislar ishtirokisiz o'tkaziladi.  Quyida jamoaning kechagi mashg'ulotlaridan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.






O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати