Pro liga to'purari, "Dinamo" sardori va boshqalar - “Buxoro” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2022, 19:18
“Buxoro” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladi.

Jamoa ko'rigida mahalliy futbolchilar qatorida o'tgan mavsum Samarqandning “Dinamo” jamoasi safida to'p tepgan bir qator tajribali futbolchilar Ro'zimboy Ahmedov, Obid Jo'raboev, Sardor Eminov va Islom Sharipov jalb etilgan.

Jamoa ushbu o'quv-yig'inini 12 yanvarga qadar o'z qarorgohida olib borishi rejalashtirilgan. Tayyorgarlik davomida jamoa ko'rigiga ko'plab yangi futbolchilar taklif qilinadi va albatta jamoa tarkibidan kim o'rin olishini Hakim Fuzaylov boshchiligidagi murabbiylar shtabi hal qiladi", - deb yozadi "Buxoro" matbuot xizmati. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia