PRO-liga. "Sho'rtan" - "Mashal" o'yinida formalar rangi ma'lum

Narzulla Saydullayev
10 may 2018
“Sho'rtan” (G'uzor) – “Mashal” (Muborak) uchrashuvi oldidan qisqa yig'ilish bo'lib o'tdi.

 Yig'ilishda ikkala jamoa vakillari, uchrashuv komissari Mamur Saidqosimov ishtirok etishdi. Unda bugungi bahsga oid tashkiliy masalalar bo'yicha Mamur Saidqosimov so'zladi va har ikki jamoaga ham omad tiladi. Shuningdek bugun “Sho'rtan” ko'k rang formada, “Mashal” sariq qizil aralash rangli formada maydonga tushadigan bo'lishdi. O'yin soat 18:00da “G'uzor” stadionida boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” ПФК матбуот хизмати