Pro-liga. "Labsa" - "Lokomotiv-BFK“. Prevyu

Mirjalol Normatov
9 iyun 2018
Xabaringiz bor, 11 iyun kuni O'zbekiston Pro-ligasi B guruhining 14-turi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda Buxoroning "Labsa" jamoasi o'z maydonida poytaxtning "Lokomotiv-BFK" jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv borasida sizlarga ma'lumotlar keltirib o'tamiz.

Bahsni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda A.Sultonov hamda J.Rustamovlar yordam berishadi. Uchrashuv komissari etib Baxtiyor Namozov tayinlangan bo'lsa, nazoratchilikni Oleg Rubakov o'z bo'yniga olgan.

"Lokomotiv-BFK" jamoasi Pro-ligada o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda g'alaba nashidasini surmadi. Toshkentliklar faqatgina 13-turda o'z maydonida "Iftixor"ga qarshi uchrashuvda mavsumdagi ilk ochkosiga ega chiqdi. Qolgan 11 o'yinda esa faqatgina mag'lubiyat qayd etilgan.

Birinchi davrada o'tkazilgan "Lokomotiv-BFK" - "Labsa" o'yinida Shuhrat Jo'raev shogirdlari o'zlarining Pro-ligadagi ilk g'alabasini nishonlashgan edi. Hisob - 2:1.14-turdagi bahs mazkur jamoalarning o'zaro ikkinchi to'qnashuvi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz "Labsa" - "Lokomotiv-BFK" uchrashuvi 11 iyun kuni "Vobkent" markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi. Barchangizni ushbu jamoalarning qiziqarli bahsida kutib qolamiz.

PFK "Labsa" matbuot xizmati


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia