PRO-Liga. Hujumchining o'rniga darvozabon maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2018
PRO-Ligada ajabtovur xolatlar davom etmoqda. Kuni-kecha bo'lib o'tgan 31-tur o'yinlarida yana bir e'tiborga molik xolattga duch keldik.

Gap shundaki, PRO-Liga “B” guruhida “Xotira-79” – “Sherdor” bahsida mezbonlar tarkibida hujumchi o'rniga zaxiradan darvozabon maydonga tushgan. Chempionatda arang ishtirok etib kelayotgan uychiliklar safida futbolchilarning yetishmovchiligi yuz bergan. Aks xolda bu kabi xolat yuz bermasdi. Yani uchrashuvning 41-daqiqasida “Xotira-79” hujumchisi Alisher Abduvohidov kutilmaganda jaroxat olib, o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. Uning o'rniga murabbiylar majburiy ravishda darvozabon Mubosher Abdullaevni tushirishga qaror qildi.

Yaxshi hamki, “Xotira-79” posboni jarohat olmadi. Agar voqealar rivoji shunday tus olganida, mezbonlar o'yinni bir kishi kam bo'lib o'tkazishi ham mumkin edi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia