Pro liga. Bugun Toshkentda o'yin bor

Khoja
31 may 2024
Bugun Pro liganing 11-turidan o'rin olgan Olimpik-Mobiuz va Aral o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Ushbu bahs yoshlar terma jamoasining Xitoyga safar qilishi sababli bugungi sanaga ko'chirilgandi. Uchrashuv soat 18:00da Jar stadionida start oladi.

Hozirga kelib, Aral Pro ligada 18 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 3-pog'onasida ketmoqda. Olimpiyachilarning hisobida esa 8 ochko bor. Ular turnir jadvalining 7-pog'onasidan joy olishgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia