PRO-Liga, “B” guruhi. 1-turda eng ko'p muxlis Yozyovonda

Narzulla Saydullayev
8 apr 2018, 16:02
Biroz avval PRO-Liganing “A” guruhidagi muxlislar tashrifi bo'yicha ma'lumot berib o'tgandik.

Endi “B” guruhiga nazar tashlaymiz. Ushbu guruhda ham to'rtta o'yin bo'lib o'tdi. “A” guruhiga nisbatan “B” guruhida oz muxlis tashrifini ko'rish mumkin. 4ta o'yinga jami 4 971 nafar tomoshabin kirgan. Har bir bahsga o'rtacha 1242ta ishqiboz qadam ranjida qilgan. Eng kam tomoshabin tashrifi G'ijduvonda kechgan “G'ijduvon” – “Lokomotiv-BFK” o'yinida qayd etildi. 848 nafar muxlis!


Aksincha eng ko'p ishqiboz “Yozyovon” – “Xotira-79” uchrashuvida qayd etildi. 1857ta muxlis.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
“NURAFSHON” – “IFTIXOR” – 1:1  

Toshkent viloyati Do'stlik j.x. “Do'stlik” stadioni. 1210 tomoshabin.

“ZOMIN” – “LABSA” – 2:0  
Zomin shahri. “Markaziy” stadion. 1056 tomoshabin.

 “G'IJDUVON” – “LOKOMOTIV-BFK” – 3:0 
G'ijduvon shahri. “Navro'z” stadioni. 848 tomoshabin.

 “YOZYOVON” – “XOTIRA-79” – 2:0  

Yozyovon shahri. “Yozyovon” stadioni. 1857 tomoshabin.


PRO-Liga, “A” guruhi. 1-turda eng ko'p muxlis Andijonda

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia