Pro liga-2021. Bugun yangi mavsum start oladi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2021, 10:11
Bugun 2021 yilgi Pro liga karvoni yo'lga chiqadi.

Mavsumning ilk uchrashuvi Farg'onada "Neftchi" va Toshkentning "Olimpik" klubi o'rtasida kechadi. O'yin soat 18:00da boshlanadi.


Pro liga. 1-tur
22 mart, dushanba
NEFTCHI – OLIMPIK
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov


Ikkala jamoa safida maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxati:



O'tgan yilning 7 dekabr kuni O'FA Tartib-intizom qo'mitasi "Neftchi" - "Turon" uchrashuvi bo'yicha o'z qarorini chiqargan bo'lib,unga ko'ra, "Neftchi" PFL tomonidan o'tkaziladigan keyingi rasmiy uch uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazishi belgilab qo'yilgan.

"Neftchi"ning "Andijon"ga qarshi bo'lib o'tgan pley-off o'yinini inobatga olsak, "Neftchi" - "Olimpik" va "Neftchi" - "Istiqlol" bahslari tomoshabinlarsiz o'tishi kerak. Sho'ndan kelib chiqib, muxlislar "Neftchi"ning yuqorida aytib o'tilgan uy uchrashuvlarini Futbol TV orqali soat 18:00 dan boshlab jonli efirda tamosha qilishlari mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia