Pro liga 19-tur. Bugun Yangier va G'uzorda o'yinlar bo'lib o'tadi

Alisher
22 sen 2021, 11:20
Pro ligada 19-tur uchrashuvlari start oladi.

22-24 sentyabr kunlari Pro ligada 19-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Bugun, “Yangier” o'z maydonida “Xorazm” klubini qabul qiladi. Qiziqarli bahs bo'lishi kutilmoqda. Hozirga kelib xorazmliklar hisobida 15 ochko bor. Undan bir ochko kam jamg'argan “Yangier” uni ortidan kelmoqda. 

G'uzorda esa “Sho'rtan” klubi “Aral Samali” bilan kuch sinashadi.  “Aral Samali” ochkolar bo'yicha ancha “Sho'rtan”dan ilgarilab ketgan. Moliyaviy muammolar tufayli “Sho'rtan”da ishlar ko'ngildagidek emas.


16:15 - YANGIER – XORAZM

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Islom Nosirov, Abdulhamid Abduraimov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Abbosxon Axrorov


16:30 - SHO'RTAN – ARAL SAMALI

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Farruh Yuldashev, Aleksandr Burov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Shohruh Said


23 sentyabr, payshanba

16:30 - NURAFSHON – DINAMO

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Islom Azimov, Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Zohirjon Akramxonov


24 sentyabr, juma

19:00 - NEFTCHI – OLIMPIK

Hakamlar: Vadim Agishev, Hasan Nabiev, Daler Tilloev

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Oybek Yunusov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia