PREVYU.“Neftchi” - “So'g'diyona”

Narzulla Saydullayev
24 may 2018, 08:25
Superliga 13-tur doirasida “So'g'diyona” Farg'onada “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

USHBU MAVSUMDA

Superliga  2-turida “So'g'diyona”  o'z maydonida “Neftchi”ni qabul qilgan edi. Jizzaxdagi “shamol jangida” hisob ochilmagan edi.

O'YINI  RAVSHAN ERMATOV  BOSHQARADI

“Neftchi” (Farg'ona)- “So'g'diyona” (Jizzax)
Hakamlar
: O'yinni FIFA referisi Ravshan Ermatov  boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda A.Rasulov,J.Saidovlar yordam berib borishadi. Zahiradagi hakam R.Lutfullin.

Nazoratchi: A.Arutyunov
Komissar: M.Saidqosimov



O'ZARO USTUNLIK

“Neftchi” hamda “So'g'diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan.“Neftchi” hisobida 28 ta, “So'g'diyona” hisobida 7 ta g'alaba mavjud. 10 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik farg'onaliklar tomonida:  92:34. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 94 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 31 ochkoni qo'lga qiritgan.

“Neftchi” maydonida o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
22.09.2017 Neftchi – So'g'diyona 1:1
16.04.2016 Neftchi – So'g'diyona 0:1
25.04.2015 Neftchi – So'g'diyona 4:1
02.10.2014 Neftchi – So'g'diyona 1:1
18.10.2013 Neftchi – So'g'diyona 0:2


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Farg'onadagi 22 ta o'yindan 16 tasida “Neftchi”, 3 tasida “So'g'diyona”  g'alaba qozongan.  3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI

Yoshlar ligasi 24 may kuni  soat 16:30 da Qirgulida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi 25 may kuni soat 18:49 da “Istiqlol” stadionida o'tkaziladi.


“So'g'diyona” PFK  matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz