

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.
O'TGAN MAVSUMDA
Birinchi davra 6-turida “So'g'diyona” mehmonda “Qizilqum”ga qarshi bahs olib borgan. Ushbu bahsning 27 daqiqasida Sanjar Rashidov hisobni ochgan edi. 52 daqiqada Ilxom Yunusov penaltidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa o'yinda durang natija qayd etilgan edi.
Ikkinchi davra 21-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi. Bahsning 54 daqiqasida Sanjar Rashidov hisobni ochgan bo'lsa, 73 daqiqada Akrom Baxriddinov hisobni tenglashtirdi.
O'YINI A.RISQULLAEV BOSHQARADI
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Qizilqum” (Navoiy)
Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), F. Yansupov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent)
Komissar: B. Aripov
O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Qizilqum” klublari oliy ligada shu kungacha 28 bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 7 ta, “Qizilqum” hisobida 14 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik navoiyliklar tomonida: 25:36. “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 28 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa , “Qizilqum” 49 ochkoni qo'lga qiritgan. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi 4:1, “Qizilqum”ning eng yirik muvaffaqiyati ham 4:1
“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
16.09.2017 So'g'diyona – Qizilqum 1:1
01.07.2016 So'g'diyona – Qizilqum 1:1
02.08.2015 So'g'diyona – Qizilqum 4:1
07.11.2014 So'g'diyona – Qizilqum 1:0
17.08.2013 So'g'diyona – Qizilqum 2:1
19.03.2011 So'g'diyona – Qizilqum 0:2
19.08.2009 So'g'diyona – Qizilqum0:1
10.05.2008 So'g'diyona – Qizilqum 2:0
29.08.2006 So'g'diyona – Qizilqum0:2
12.06.2005 So'g'diyona – Qizilqum 0:0
03.05.2004 So'g'diyona – Qizilqum2:0
22.06.2002 So'g'diyona – Qizilqum1:2
01.10.2001 So'g'diyona – Qizilqum 1:0
01.06.2000 So'g'diyona -Qizilqum2:0
O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 14 ta o'yindan 7 tasida “So'g'diyona”, 4 tasida “Qizilqum” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.
O'YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 28 mart kuni soat 15:00 da “G'allaorol” stadionida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 29 mart kuni 18:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.

"So'g'diyona" klubining telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo'ling va jamoaning eng so'nggi yangiliklaridan boxabar bo'ling. KANALGA O'TISH



