

USHBU MAVSUMDA
Birinchi davrada 1-turida “So'g'diyona” safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu uchrashuvda 49-daqiqada burchak to'pidan keyin Tiago Bezerra boshi bilan zarba bergan edi, darvoza oldida turgan Sherzod A'zamov hisobni ochdi – 1:0. 82-daqiqada Jaloliddin Masharipov penalti ishladi va uni Ismoil Gonsalvesh aniq amalga oshirgan edi – 2:0. Shu tariqa bahs 2:0 hisobida yakunlangan edi.
O'YINNI I.TANTASHEV BOSHQARADI
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Paxtakor” (Toshkent)
Hakamlar: I.Tantashev, A.Sapenko, A.Kalinin, N.Qosimov.
Nazoratchi – M.Ismoilov.
Komissar – M.Saidqosimov.

O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Paxtakor” klublari oliy ligada shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan.“Paxtakor” hisobida 37 ta, “So'g'diyona” hisobida 4 ta g'alaba mavjud. 4 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Sherlar” tomonida: 117:37. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 115 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 16 ochkoni qo'lga qiritgan. “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi 6:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 3:0.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
03.11.2017 So'g'diyona – Paxtakor 0:1
11.06.2016 So'g'diyona – Paxtakor 0:1
23.05.2015 So'g'diyona – Paxtakor 0:3
14.06.2014 So'g'diyona – Paxtakor 0:1
05.05.2013 So'g'diyona – Paxtakor 0:0
10.04.2011 So'g'diyona – Paxtakor 1:2
25.04.2009 So'g'diyona – Paxtakor 0:2
05.07.2008 So'g'diyona – Paxtakor 1:2
17.09.2006 So'g'diyona – Paxtakor 4:2
07.11.2005 So'g'diyona – Paxtakor 1:3
08.04.2004 So'g'diyona – Paxtakor 0:2
27.04.2002 So'g'diyona – Paxtakor 0:3
30.05.2001 So'g'diyona – Paxtakor 1:3
22.04.2000 So'g'diyona – Paxtakor 0:2
18.05.1999 So'g'diyona – Paxtakor 3:2
08.06.1998 So'g'diyona – Paxtakor 1:1
20.07.1997 So'g'diyona – Paxtakor 1:2
16.08.1996 So'g'diyona – Paxtakor 3:1
15.08.1995 So'g'diyona – Paxtakor 1:3
24.11.1994 So'g'diyona – Paxtakor 1:1
19.04.1993 So'g'diyona – Paxtakor 0:1
02.08.1992 So'g'diyona – Paxtakor 4:2

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 22 ta o'yindan 3 tasida “So'g'diyona”, 16 tasida “Paxtakor” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.




