Prevyu. "So'g'diyona" - "Neftchi"

Narzulla Saydullayev
2 okt 2018, 10:49
Superliganing 25-turi doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Neftchi” ni qabul qiladi.

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA

Birinchi davra 2-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Neftchi” ni qabul qildi va ushbu uchrashuvda hisob ochilmagan edi.

Superliga 13-turida Jizzax klubi Farg'onada “Neftchi” ga qarshi bahs olib borgan edi. Bahsning 3- daqiqasida Shoxruz Norxonov hisobni ochgan bo'lsa,56-daqiqada Doniyor Hasanovning uzatmasidan Oybek Nurmatov hisobni 0:2 ko'rinishiga olib kelgan edi.

O'ZARO USTUNLIK

 “So'g'diyona”  va “Neftchi”  oliy ligada 44 bor, Superligada esa 2 marta to'qnash kelgan. “So'g'diyona” hisobida 8, “Neftchi” hisobida 28 ta g'alaba mavjud. 10 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  farg'onaliklar  tomonda 36:92 . “So'g'diyona” 34 ochko,  “Neftchi”  94 ochko to'plagan.  
 
“So'g'diyona”  maydonida o'tgan so'nggi 5 uchrashuv:
10.03.2018 So'g'diyona – Neftchi 0:0
22.04.2017 So'g'diyona – Neftchi 0:1
26.08.2016 So'g'diyona – Neftchi 1:0
12.09.2015 So'g'diyona – Neftchi 0:1
21.05.2014 So'g'diyona – Neftchi 2:0

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 22  ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona”, 10 tasida “Neftchi”  g'alaba qozongan.  7 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сўғдиёна" ПФК матбуот хизмати