Prevyu. “So'g'diyona” - “Navbahor”

Narzulla Saydullayev
11 apr 2018, 09:57
Superliganing 6-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Navbahor” ga qarshi safarda bahs olib boradi.

E'tiboringizga jamoalarning  Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

O'TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davra 13-turida “So'g'diyona”  o'z maydonida “Navbahor”ga  qarshi bahs olib borgan edi. O'yinning 37 daqiqasida Sanjar Rashidov hisobni ochgan bo'lsa,45 daqiqada Doston Abduraxmonov hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. 84 daqiqada Ravshan Xursandov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'lgan. Shu tariqa o'yin 2:1 jizzaxliklar foydasiga yakunlangan.

Ikkinchi davra 28-turida “So'g'diyona”  Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi. O'yinning 29 daqiqasida A'zam Aliev hisobni ochgan bo'lsa, 38 daqiqada Nemanya Yovanovich 2:0 ko'rinishiga olib kelgan. 54 daqiqada Sanjar Rashidov hisobni qisqartirdi. 55 va 70 daqiqalarda Aziz Turg'unboev va Abbos Otaxonovlarning gollari evaziga Navbahor g'alaba qozongan edi.


O'YINNI  VIKTOR SERAZIDDINOV  BOSHQARADI

“So'g'diyona” - “Navbahor” o'yinini Viktor Seraziddinov (Toshkent ) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda A.Snetnikov(Toshkent vil.) va S.Ulfatovlar(Toshkent vil.) yordam beradi. Zahiradagi hakam N.Ibragimov.(Nukus)

Nazoratchi: I.Sharipov.(Buxoro)

Komissar: A.Frolov


O'ZARO USTUNLIK


“So'g'diyona” hamda “Navbahor” klublari oliy ligada shu kungacha 44 bor kuch sinashishgan.“Navbahor ” hisobida 22 ta , “So'g'diyona” hisobida 16 ta g'alaba mavjud, 6 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik namanganliklar tomonida:  79:53. “Navbahor” 54, “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 72 ochkoni qo'lga kiritgan.



“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.06.2017 So'g'diyona – Navbahor 2:1
14.08.2016 So'g'diyona – Navbahor 2:1
22.08.2015 So'g'diyona – Navbahor 2:0
12.09.2014 So'g'diyona – Navbahor 5:4
17.03.2013 So'g'diyona – Navbahor 2:0
28.05.2011 So'g'diyona – Navbahor 3:2
08.05.2009 So'g'diyona – Navbahor 1:0
26.04.2008 So'g'diyona – Navbahor 2:1
05.08.2006 So'g'diyona – Navbahor 0:2
10.08.2005 So'g'diyona – Navbahor 1:0
18.09.2004 So'g'diyona – Navbahor 1:2
23.11.2002 So'g'diyona – Navbahor 3:1
29.08.2001 So'g'diyona – Navbahor 2:1
13.05.2000 So'g'diyona – Navbahor 1:1
05.05.1999 So'g'diyona – Navbahor 1:2
26.04.1998 So'g'diyona – Navbahor 3:1
13.11.1997 So'g'diyona – Navbahor 1:0
30.06.1996 So'g'diyona – Navbahor 1:4
17.09.1995 So'g'diyona – Navbahor 1:2
10.04.1994 So'g'diyona – Navbahor 2:1
01.11.1993 So'g'diyona – Navbahor 3:1
20.04.1992 So'g'diyona – Navbahor 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 22 ta o'yindan 17 tasida “So'g'diyona”, 5 tasida “Navbahor” g'alaba qozongan. Bitta uchrashuv durang natijasi bilan tugagan. “So'g'diyona” o'z maydonida so'nggi bor 2006 yilda mag'lubiyatga uchragan. 12  yildan beri o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz