Prevyu. "Lokomotiv" 8 ta o'yindan buyon "Paxtakor"ni yuta olmayapti

Khoja
14 mar 2024, 08:20
Superliganing 3-turidan o'rin olgan dastlabki bahs "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Bu ikki klub hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 38 marta to'qnash kelishgan. "Sherlar" hisobida 24 ta g'alaba bor, "temiryo'lchilar" esa 6 marta zafar quchishgan. Qolgan 8 ta bahsda durang qayd etilgan. O'zaro o'yinlarda "Paxtakor" 82 ta gol urgan va 32 ta gol o'tkazgan. 

"Paxtakor" oxirgi o'zaro 8 ta uchrashuvdan buyon bu raqibga yutqazmayapti - 7 g'alaba va 1 durang. So'nggi marta "Lokomotiv" 2018 yilda "sherlar"ni taslim qilgan. 

"Lokomotiv" o'z uyidagi oxirgi 4ta o'yinda bu jamoa darvozasiga umuman gol ura olmagan va g'alaba qozona olmagan: 1 durang va 3 mag'lubiyat. 



"Lokomotiv" maydonida o'tgan oxirgi 5 ta uchrashuv: 

23.05.2022 "Lokomotiv" – "Paxtakor" 0:2

20.11.2021 "Lokomotiv" – "Paxtakor" 0:3

29.11.2020 "Lokomotiv" – "Paxtakor" 0:1

30.11.2019 "Lokomotiv" – "Paxtakor" 0:0

26.11.2018 "Lokomotiv" – "Paxtakor" 3:2

O'zFHM mazkur bahsga Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarni tayinladi. Lutfllin 2022 yilgi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvida ham bosh hakam sifatida ishlagandi (2:0). 2020 yilgi "Paxtakor" - "Lokomotiv" (7:0) o'yinida zaxira hakami bo'lgandi. 

"Lokomotiv" - "Paxtakor"

14 mart 2024 yil. Toshkent, "Lokomotiv". 18:45

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev

VAR hakami: Aziz Asimov

AVAR hakami: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Qudrat Madraimov.

"Lokomotiv" bu mavsumni o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'yindagi durang bilan boshladi - 2:2. So'ngra Toshkent derbisida "Olimpik"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. "Paxtakor" esa ilk turda "Surxon"dan ustun keldi - 3:0. Keyin o'z maydonida "Nasaf" bilan murosa ko'chasi tanlandi - 0:0. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia