Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor"

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013
Oliy liganing 13-tur bellashuvlari 4 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Shu kuni Buxoroda "Buxoro"  va "Paxtakor" jamoalari bahslashadi. Tachmurod Agamurodov shogirdlari asosiy ochkolarni o'z maydonlarida to'plab kelishmoqda. 16 ochko to'plagan buxoroliklar ettinchi pog'onada borishyapti. Buxorodagi o'yin juda murosasiz kechishi tabiiy. Bahsda jamoamiz hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov maydonga tusha olmaydi. Uning hisobidagi sariq kartochkalar soni 4taga etgan.

Hozirga qadar oliy ligada 40 bor to'qnash kelgan klub o'yinlarining 29tasi "Paxtakor", 5tasi "Buxoro" yutug'i bilan tugagan. Qolgan 6 o'yinda durang qayd etilgan. "Sherlar" raqibni umumiy 91:29 hisobida mag'lub etishmoqda. Ztgan mavsumda futbolchilarimiz bu raqibni Toshkentda 4:1, safarda 1:0 hisobida dog'da qoldirganlar. Yoshlar jamoalari bugun soat 17:00da o'yinlarini boshlasalar, asosiy tarkiblar 4 iyul, payshanba kuni soat 18:30da maydonga tushib kelishadi.

Buxoro – Paxtakor
Hakamlar: Murod Muhammedov (Toshkent vil.), Fazliddin Hasanov (Namangan), Bahrom Norsafarov (Qarshi), SH.Ro'ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: Bulat Galeev (Urganch).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz