PREVYU. BUNYODKOR – QIZILQUM

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 10:06
“Bunyodkor” va “Qizilqum” oliy ligada 13 bora to'qnash kelishgan.
BUNYODKOR – QIZILQUM
29 oktyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 16:00
Hakamlar
: M.Ismoilov, A.Snetkov, X.Mirzaahmedov, SH.Hakimov.
Nazoratchi: G'.Karimov.

Natijalar “Bunyodkor”ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. 

“Qaldirg'ochlar” 13ta o'yindan 10tasini o'z foydalariga hal qilishgan. 2ta uchrashuvda durang qayd etilgan. “Qizilqum” bu raqibni faqat 1 marta mag'lub etgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 32ta gol urib o'z darvozasidan 8 bora to'p olib chiqqan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 32 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, zarafshonliklarda bu ko'rsatkich 5tani tashkil etadi. Toshkent klubining o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 5:1ga teng bo'lsa, “Qizilqum”ning yagona va yirik g'alabasi 1:0.

Dastlabki davrada “Qizilqum” maydonida tashkil etilgan uchrashuvda Oleg Zoteev (ikkita) va Igor Taran tomonidan urilgan gollar “Bunyodkor”ga yirik g'alabani taqdim etgandi – 3:0. Qizig'i o'sha o'yinda ham Marat Ismoilov hakamlik qilgandi.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.11.2012 Bunyodkor - Qizilqum 3:0
09.09.2011 Bunyodkor - Qizilqum 3:1
23.04.2010 Bunyodkor - Qizilqum 1:1
06.03.2009 Bunyodkor - Qizilqum 4:0
04.11.2008 Bunyodkor - Qizilqum 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” maydonida bo'lib o'tgan 6ta o'yinning 5tasida “qaldirg'ochlar” muvaffaqiyatga erishishgan. 2010 yil “Qizilqum” o'z tarixida ilk marta raqib maydonidan durang bilan qaytgan. Oxirgi ikki yilda “Bunyodkor” Toshkentda raqib darvozasiga 3tadan gol urib kelmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia