Prevyu. "Al Arabi" - OKMK: Guruh yo'lanmasi uchun bahs prevyusi

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023, 16:50
Osiyo Chempionlar ligasi, pley-off saralash bosqichida OKMK Dohada Qatarning "Al Arabi" jamoasi mehmoni bo'ladi.

"Al Arabi" jamoasi 1952-yilda tashkil topgan. "Al Arabi" 7 karra Qatar chempioni, 9 karra Qatar kubogi, 6 karra mamlakat superkubogi va Qatar liga kubogi sohibi hisoblanadi.

Jamoa o'tgan mavsum Qatar yulduzlar ligasida OCHL pley-off bosqichiga yo'llanma beruvchi 2-o'rinni egallagan. Yaqinda boshlangan mavsumda esa bo'lajak raqibimiz, chempionat 1-turi doirasida "Al Shamal"ga qarshi uchrashuvda durang (1:1) qayd etdi.

Hozirda "Al Arabi" jamoasini mahalliy murabbiy Yunus Ali boshqaradi. Tarkibda Rafinya Alkantara, Abdu Diallo, Aron Gunnarsson va Umar Al Soma singari taniqli futbolchilar to'p tepadi.

"Al Arabi" - OKMK uchrashuvi 22 avgust kuni Dohadagi "Al Tumama" stadionida mahalliy soat bilan 20:30da, Toshkent vaqti bilan esa 22:30da start oladi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати