Premer Liga tarixidagi eng yirik hisob qaysi uchrashuvda qayd etilganini bilasizmi?

Eldor Akmurzayev
22 sen 2019, 01:20
Xabaringiz bor, bugun Manchester Siti o'z maydonida Uotfordni sharmandali natija (8:0) bilan taslim etdi.

Xo'sh, 1992 yildan buyon Premer Liga nomi ostida o'tkazib kelinayotgan musobaqada eng yirik hisob qaysi uchrashuvda qayd etilgan? Demak, bunday natija Angliya chempionatining 1994/95 mavsum Manchester Yunayted hamda Ipsvich klublari o'rtasidagi uchrashuvda ro'y bergan. O'shanda qizil iblislar raqib darvozasini 9 bora ishg'ol qilishgandi. 

Safardagi eng yirik g'alaba ham MYUga tegishli bo'lib, 1998/99 yilgi mavsum Aleks Fergyuson shogirdlari Nottingem Forestni mehmonda 8:1 natijasi bilan tor-mor etgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia