Premer-liga murabbiyi o'z klubi bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2017, 13:50
"Vest Bromvich" bosh murabbiyi Toni Pyulis klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

"Vest Bromvich" bilan kelishuvi 2018 yilning yozida tugaydigan mutaxassisning bitimi endi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

So'nggi mavsum "Vest Bromvich" Premer-ligada 45 ochko bilan 10-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia