Premer liga klublari iyun oyi oxiriga qadar mavsumni yakunlashdan umidvor

22 mar 2020, 07:57
“Sautgempton” klubi ijrochi direktori Martin Semmensning xabar berishicha, APL klublari 30 iyunga qadar mavsumni yakunlab olishni reja qilishmoqda.

Chunki klublarda futbolchilar bilan shartnomalar aynan ushbu muddatga qadar tuziladi va mavsum davomiyligi cho'ziladigan bo'lsa, bu bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

“Biz iyun oyi oxiriga qadar mavsumni yakunlay olishimizga umid qilayapmiz. Bu hamma uchun yaxshi bo'ladi. Agar mavsum yakunlanishi 30 iyundan o'tib ketadigan bo'lsa, yuridik jihatdan muammolar kuzatiladi. Agar mavsum 15 iyulga qadar o'ynaladigan bo'lsa, shartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan yana ikki haftaga shartnomalarni uzaytirish lozim bo'ladi. Buni futbolchilarga tushuntirish ham oson bo'lmaydi”, deya Semmensning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.

Ayni paytda Angliyada Yevropaning boshqa mamlakatlari singari chempionat bahslari koronavirus pandemiyasi sabab to'xtatilgan. Dastlab bellashuvlar 4 apreldan qayta start olishi rejalashtirilgandi. Ammo mavsumni may oyiga qadar davom ettirmaslik belgilandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС