Predrag Vuyovich "Buxoro"ga kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2014
Serbiyalik futbolchi Buxoroning "Buxoro" klubida o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Olingan xabarlarga ko'ra "Buxoro" jamoasining yangi bosh murabbiyi Edgar Gess yana sobiq futbolchisini yangi jamoasida ko'rishni istamoqda.

Predrag Vuyovich 2011 yil G'uzorning "Sho'rtan" klubida to'p tepganidan ko'pchilikning xabari bor. Uning oxirgi klubi Serbiya birinchi ligasi vakili "Metalac" klubi edi.

Futbolchi "Buxoro"ning Toshkentdagi mashg'ulotlaridan boshlab ishtirok etishi kutilmoqda.

Predrag Vuyovich
Fuqaroligi: Serbiya
Tug'ilgan sanasi: 1983 yil 20 avgust
Ampluasi: Yarim himoyachi
Bo'yi: 1.80 sm
Klubi: "Metalac" (Serbiya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia