
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, murabbiy Juzeppe Rossi va Marko Sauni kuzatadi.
Prandelli bu futbolchilarni Daniya (11 oktyabr) va Armaniston (15 oktyabr) terma jamoalariga qarshi o'yinlarga chaqirmoqchi. Italiya terma jamoasi JCH-2014ga yo'llanma olib bo'ldi, shu bois murabbiy yangilarni ham sinovdan o'tkazib olmoqchi.